Axborot-resurs ta'minot bo'limi
Rahbar
Raxmedov Sarvar Majit O'g'li
Axborot-resurs ta'minot bo'limi
Asosiy maʼlumotlar
Vatan universiteti axborot resurs markazi. Talabalar , professor o‘qituvchilar, hodimlar va kitobxonlarga sifatli xizmat ko’rsatish va ularni bilim olishlariga ko‘maklashish uchun o‘z faoliyatini olib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyunda - "Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida" farmoniga binoan oliy ta’lim kutubxonalari Axborot Resurs Markazlari sifatida ishlay boshladi.
ARM lavozim Yo‘riqnomalari “Vatan Universiteti “ Ustavi, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlai va farmoyishlariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Markazning asosiy maqsadi
- Foydalanuvchilarga axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishni ta’minlash;
- Foydalanuvchilarning intellektual, ma’naviy, axloqiy, madaniy va ma’rifiy ehtiyojlarini qondirish uchun sharoitlar yaratish;
- Milliy madaniyatni tiklash va yanada rivojlantirishga, O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini asrab-avaylashga ko‘maklashish;
- Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan axborot-kutubxona resurslaridan o‘zaro foydalanishni ta’minlash.
Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat
Markazning xizmatlaridan 2.200 dan ortiq foydalanuvchi foydalanadi va berilgan manbalar soni 3.700 dan oshadi. ARM ‘’ Vatan Universiteti ‘’talabalar, magistratura, shuningdek, tegishli kasb mutaxassislariga xizmat ko'rsatadi. Har yili tashriflar soni 5.500 dan oshadi. Foydalanuvchilarga shuningdek monografiyalar, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari taqdim etiladi. Axborot-reseurs markazi tomonidan 1.000 dan ortiq darslik va boshqa turdagi adabiyotlarning elekron nusxasini yuklab olish imkoniyati yaratilgan.
Axborot resurs markazi hamda elektron kutubxonasi kitobxonlar uchun zarur bo‘lgan adabiyotlar, jurnallar kitob hamda elektron shaklda va axborot bilan ta’minlash uchun doimiy ravishda yangilanib turiladigan va ishonchli ma’lumotlar, shuningdek kerakli ma’lumotlarni tez va qulay ravishda topishga imkon beradigan dasturiy ma’lumotlar bilan to‘liq boyitilgan. Hozirgi kunda elektron kutubxona fondida 1.500 dan ortiq elektron nusxalar mavjud. Bular darsliklar, monografiyalar, qo‘llanmalar, ma’ruzalar, o‘quv dasturlari, atlaslar, entsiklopedik materiallar, o‘quv qo'llanmalari, jurnal maqolalari, va boshqa nashrlardan iborat.
Fayllar hali qo'shilmagan
Gallereya suratlari hali qo'shilmagan