Загрузка
Назад
Центр и отдел

Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi

Активный Руководитель: Джураев Ойбек Нуруддинович
Джураев Ойбек Нуруддинович

Руководитель

Джураев Ойбек Нуруддинович

Ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi

Bo'limning asosiy maqsadi:

Universitetda ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlash sifati davlat ta’lim standartlari hamda mehnat bozori talablariga mos bo‘lishini ta’minlash, bu jarayonni muntazam nazorat qilish, baholash va takomillashtirish orqali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga erishish.

Bo'limning asosiy vazifalari:


- universitetda kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va monitoringini olib borish;

- talabalar bilimlarining davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini hamda talabalar fanlarni oʻzlashtirish darajasini oʻrganib borish va tahlil qilish;

- ta’lim sifatini ta’minlay oladigan pedagoglar tarkibini shakllantirish, jumladan salohiyatli professor-oʻqituvchilarni tanlash, ishga qabul qilish, ularning kasbiy mahorati va malakasini oshirish imkonini beradigan (obyektiv) shaffof, tashkiliy mexanizmlarni yaratish;

- professor-oʻqituvchilar dars berish sifatini muntazam ravishda tahlil qilish;

- universitetda ichki baholashdan oʻtkazishni tashkil etish va ichki baholash natijalari boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻrish;

- oʻquv jarayonini normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablar asosida toʻgʻri tashkil etish;

- malaka talabalari, oʻquv reja va dasturlarning kasbiy standartlar hamda mehnat bozori talablariga mos boʻlgan raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga muvofiqligini tahlil qilish;

- bitiruvchi talabalarning kadrlar bozoridagi oʻrni, ularga ehtiyoj, sohaning yashovchanlik darajasi yuzasidan kengaytirilgan xulosalarni shakllantirish;

- oʻquv mashgʻulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalari asosida tashkil etilganligi, dars jarayonlari sifatining nazorati talab darajasida yoʻlga qoʻyilganligini oʻrganib borish;

- dars oʻtish uchun ishlab chiqarishdan (amaliyotdan) malakali mutaxassislarni jalb etilganligini oʻrganib borish, talabalar bilimini nazorat qilish va baholashda shaffoflik va xolislikni ta’minlanganligi boʻyicha koʻrilgan choralar samaradorligini aniqlash;

- professor-oʻqituvchilarning malaka oshirganligi, dasturlarga fandagi yangiliklarning kiritilganligini oʻrganish;

- professor-oʻqituvchilarga oʻquv yuklamasini adolatli taqsimlanganligini tahlil qilish;

- axborot-resurs markazida talaba, ilmiy izlanuvchi va professor-oʻqituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar holati, fanlar boʻyicha darsliklarning mavjudligini oʻrganib borish va rahbariyatga takliflar kiritish;


Файлы ещё не добавлены

Фотографии галереи ещё не добавлены

Связаться